На нашем ресурсе вы можете полностью погрузиться в мир книги «Беш болали йигитча» — читайте её онлайн бесплатно в полной, несокращённой версии. Если предпочитаете слушать — воспользуйтесь аудиоформатом; хотите сохранить — скачайте через торрент в fb2. Жанр произведения — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Также на странице доступно подробное описание, авторская аннотация, краткое содержание и живые отзывы читателей. Мы постоянно пополняем библиотеку и улучшаем сервис, чтобы создавать лучшее пространство для всех ценителей качественной литературы.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
📚 Читайте "Беш болали йигитча" онлайн — полный текст книги доступен бесплатно
Перед вами — полная электронная версия книги "Беш болали йигитча", адаптированная для комфортного онлайн-чтения. Мы разбили произведение на страницы для удобной навигации, а умная система запоминает, на какой странице вы остановились — можно закрыть браузер и вернуться к чтению позже, не тратя время на поиски. Персонализируйте процесс: меняйте шрифты, размер текста и фон под свои предпочтения. Погружайтесь в мир литературы где угодно и когда угодно — любимые книги теперь всегда под рукой.
Текст книги
Xiyol o�tmay, haligi suratxona oldidagi dilsiyohlikni unutib, tezroq qishloqqa yetib borib, o�rtoqlarmizga yangi kiyim-boshlarimizni ko�z-ko�zlash ishtiyoqida yonib bir-birimizni ortda qoldirib keta boshladik ayniqsa, Sulton o�zida yo�q shod edi, o�zicha Bog� aro qo�ysam qadam, gulg�uncha qolmay xandadir» deb ashula aytib boryapti, sog�iga piston qadalgan etikchasini ko�z-ko�zlab chopqillab oldinga o�tib ketgan Omon:
– Opa, bitta she’r o�qib beraymi? – deb so�radi.
– O�zing to�qiganmisan?
– O�zim to�qiganman.
– Qani, qani eshitaylik-chi.
Omon ikki qo�lini biqiniga tirab, boshini bir tomonga xiyol qiyshaytirgancha ko�zlarini chaqnatib:
Pista sotar baqqolman,
O�zim echki soqolman,
Nasiyaga mol bersam,
Tong otguncha o�larman.
– deya she’r o�qiy boshladi. Opam yurishdan to�xtab, xuddi qo�rqib ketgandek ko�zlarini katta-katta ochib:
– Voy o�g�lim, boqqol buvang eshitib qolsa nima qilamiz? – deb so�radi.
– Nega bo�lmasa qurutidan bermaydi?
– Qurutidan bermagani uchun masxaralab she’r o�qidingmi?
– Qurutiga qurt tushsin,
Soqoliga bit tushsin,
Holsidan bermasa,
Omboriga o�t tushsin
– deb Omon yana irg�ishlay boshladi. Opam Omonni ushlab bag�riga bosmoqchi bo�luvdi, ukam qiyqirib qochishga tushdi.
Boshqa ukalarim uni quvlab ketishdi.
SUMALAK, SUMALAK, JON SUMALAK!
Kechqurun To�xta xolamning hovlisi xoh ko�ring, xoh ko�rmang, xuddi sayilgohga aylanib ketdi.
– Hoy, qoqvoshlar, birpas ko�chaga chiqsanglar-chi! – deb katta kaltakni olib quvlab qoladi To�xta xolam.
– Sumalak, sumalak, jon sumalak! – deb sakray boshlaydi Akrom bilag�on.
– Qorni ochga non sumalak – jo�r bo�ladi Mahmudxon.
– Joni yo�qqa jon sumalak! – deydi yana bittasi irg�ishlab.
Shundan keyin To�xta xolam butunlay tutoqib ketgandek bo�ladi. «Senlarni ushlab, terilaringga somon tiqmasammi» deb uzun yenglarini shimarib, ko�ylagining etagini sal yuqori ko�tarib quvlashga tushadi.






